Ushbu Maxfiylik siyosati Al-Khwizard Platform ("Platforma", "biz") qaysi ma'lumotlarni to'playotgani, qanday ishlatayotgani va qanday himoya qilayotganini tushuntiradi.
| Kim haqida | Qaysi ma'lumot | Qayerdan olinadi |
|---|---|---|
| Mijoz (Owner) | Login, email, tashkilot nomi, to'lov tarixi | Ro'yxatdan o'tish formasi |
| End-user (abituriyent) | Telegram ID, ism, jamoa nomi, test natijalari | Telegram bot orqali |
| Texnik | IP-manzil, brauzer turi, sessiya ma'lumotlari | Avtomatik (server loglari) |
Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga SOTMAYMIZ. Ma'lumotlar faqat quyidagi hollarda oshkor qilinishi mumkin:
Har bir Mijoz (kanal egasi)ning foydalanuvchi ma'lumotlari, ball/coin hisoblari va statistikasi boshqa Mijozlarning ma'lumotlaridan to'liq ajratilgan holda saqlanadi. Bir foydalanuvchi bir nechta kanalda qatnashsa, uning har bir kanaldagi natijasi mustaqil hisoblanadi.
Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi. Hisobni o'chirishni so'ragan taqdiringizda, shaxsiy ma'lumotlaringiz 30 kun ichida o'chiriladi (qonun talab qilgan hollar bundan mustasno).
Siz o'zingizning shaxsiy ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rash huquqiga egasiz. Bunday so'rovlar uchun quyidagi bo'limdagi manzilga murojaat qiling.
Maxfiylik siyosatiga oid savollar bo'yicha: @Alkhwizard_admin yoki support@alkhwizard.uz.